17:07 / 20.06.2020
3 461

“Yog‘och” operatsiyasi chippakka chiqdi

“Yog‘och” operatsiyasi chippakka chiqdi
Tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda krash olib borilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Sirdaryo” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro X.O‘. boshqaruvidagi yog‘och mahsulotlari yuklangan “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda elektron tarozi va inspeksion ko‘rik vositasi yordamida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan umumiy qiymati 36,4 million so‘mlik vazni 8 tonnadan ortiqni tashkil etuvchi yog‘och mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yog‘och” operatsiyasi chippakka chiqdi