23:43 / 20.06.2020
2 897

DTM: hujjat topshirishning ilk kuni 14,5 mingdan ortiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi

DTM: hujjat topshirishning ilk kuni 14,5 mingdan ortiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi
20 iyundan 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Davlat test markazining xabar berishicha, hujjat topshirishning ilk kuni – 20 iyun 18:00 holatiga ko‘ra, 14 524 nafar abituriyent OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan.
Ularning 9 325 nafari kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha, 4 933 nafari sirtqi, 266 nafari esa kechki ta’lim shakli bo‘yicha hujjat topshirgan.

OTMlar joylashgan hududlar bo‘yicha topshirilgan hujjatlar soni:
Andijon viloyati – 1546 nafar;
Buxoro viloyati – 590 nafar;
Farg‘ona viloyati – 854 nafar;
Jizzax viloyati – 354 nafar;
Namangan viloyati – 815 nafar;
Navoiy viloyati – 472 nafar;
Qashqadaryo viloyati – 617 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 360 nafar;
Samarqand viloyati – 1 412 nafar;
Sirdaryo viloyati – 394 nafar;
Surxondaryo viloyati – 792 nafar;
Toshkent shahri va viloyati – 5 979 nafar;
Xorazm viloyati – 339 nafar.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali qabul qilinishi ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DTM: hujjat topshirishning ilk kuni 14,5 mingdan ortiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi