15:13 / 21.06.2020
6 192

Niqobsiz ayolning xurmacha qilig‘i

Niqobsiz ayolning xurmacha qilig‘i
Hozirgi paytda ayrim fuqarolar koronavirus xavfiga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning ahamiyatini tushunishni istamay, karantin qoidalarini buzishmoqda. Bu kasallikning mamlakatimizda keng tarqalishi xavfini tug‘diradi. Shu bois sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun qonunchiligimizda qat’iy javobgarlik belgilangan.

27 yoshli fuqaro Parvina Po‘latova shuni bilib turib, qoidaga amal qilmagan edi, oqibatda jazoga tortildi.

P.Po‘latova 2020 yil 2 aprel kuni Yakkasaroy tumanida hozirgi pandemiya davridagi sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etmasdan, ya’ni yuziga tibbiy niqob taqmasdan ketayotganida hudud profilaktika inspektori uni to‘xtatadi va tanbeh berib, yuziga niqob taqib olishi kerakligini aytadi. P.Po‘latova esa inspektorning qonuniy talabini bajarmasdan, uni haqorat qilib qochib ketadi.

Shundan so‘ng inspektor uning huquqbuzarligini rasmiylashtirish, qonunda belgilangan choralarni ko‘rish uchun ichki ishlar idorasiga olib kelish choralarini ko‘radi. Mazkur jarayonda P.Po‘latova o‘zini bosib olish o‘rniga inspektorga qarshilik ko‘rsatib, yengil jarohat yetkazadi. Hatto xizmat kiyimi va aloqa vositasini shikastlaydi. Idoraga kelganida ham janjalni davom ettirib, huquq­buzarlikni rasmiylashtirishga xalaqit berib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qiladi.

Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida ko‘rib chiqilib, ayblanuvchiga nisbatan hukm o‘qildi. Unga ko‘ra P.Po‘latovaga bir yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Rasul Matxalikov,
Bosh prokuratura boshqarma
AMIB tergovchisi

Manba: Huquq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Niqobsiz ayolning xurmacha qilig‘i