08:23 / 22.06.2020
2 621

Maktablarda o‘quvchilarga tibbiyot xodimlari biriktiriladi

Maktablarda o‘quvchilarga tibbiyot xodimlari biriktiriladi
Maktablarda o‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiyot xodimlari biriktiriladi.

Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish uchun mas’uldirlar.

Bunda maktab rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib berilishi zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktablarda o‘quvchilarga tibbiyot xodimlari biriktiriladi