17:13 / 22.06.2020
3 648

1 gugurt qutisida qancha cho‘p bor?

Hurmatli iste’molchilar, uy-ro‘zg‘or uchun zaruriy mahsulot hisoblangan birgina gugurt qutisida nechta gugurt donasi bo‘lishi lozimligini bilasizmi? "O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi"ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, "...standarti 1- jadval bo‘yicha 1 gugurt qutisi ichida o‘rtacha 40 ta va eng kami 37 ta gugurt cho‘pi bo‘lishi kerak". O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga aholi tomonidan 1 dona gugurt qutisi ichidan donasi kam chiqayotganligi bo‘yicha shikoyat arizalari kelib tushdi.

Federatsiya mutaxassislari ushbu masala yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bordi va tadbirkorlarga ushbu masala bo‘yicha qonuniy jihatdan ogohlantirdi.

"Agarda sizning iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqami yoki "O‘zstandart" agentligining (998-78)150-23-00 ishonch telefoni orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz" deyiladi Federatsiya axborot bo‘limi xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 gugurt qutisida qancha cho‘p bor?