18:30 / 22.06.2020
2 801

Namangan va Qashqadaryoda firibgarlar ushlandi

Namangan va Qashqadaryoda firibgarlar ushlandi
So‘nggi vaqtlarda kundalik hayotimizda noqonuniy yer sotish va o‘zgalarning pul mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari tez-tez uchrab turibdi.

Xususan, DXX Namangan viloyati Boshqarmasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departament vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida “P.M.” o‘zi rahbarlik qilayotgan, baliqchilikka ixtisoslashgan MCHJga tegishli hududdan 7,5 gektar yer maydonini Mingbuloq tumanida yashovchi fuqaroga 10 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, undan 65 mln. so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX Qashqadaryo viloyati Boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam ichki ishlar organlarida ishlagan “J.P.” firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

U mazkur pul mablag‘i evaziga Koson tumanida yashovchi fuqaroga unga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishini tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan va Qashqadaryoda firibgarlar ushlandi