21:56 / 22.06.2020
2 167

Olimlar koronavirusning suv havzalarida qariyb bir oy saqlanishini aniqladi

Olimlar koronavirusning suv havzalarida qariyb bir oy saqlanishini aniqladi
Foto: Twitter
Britaniyaning Ekseter universiteti dotsenti Jeymi Shatler boshchiligidagi angliyalik va polshalik epidemiologlar koronavirusning suvda qancha muddat saqlanishini aniqladi. Tadqiqot natijalari medRxiv portalida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, COVID-19 suvga tushganida 25 kungacha saqlanib qoladi.
«Tabiiy suv havzalari yangi turdagi koronavirus saqlovchilari va tashuvchilari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ko‘pchilik mamlakatlarda ular salomatlik uchun juda katta xavf tug‘dirishi mumkin», — deyiladi olimlarning hisobotida.

Tadqiqotchilarning fikricha, inson va hayvonlarning suv havzalari bilan aloqasini kamaytirish zarur.
Ekspertlar kasallanganlar soni eng ko‘p bo‘lgan 20 ta mamlakatlar suv havzalaridagi taxminiy virus miqdorini aniqladi.
Shu tariqa bu yo‘nalishda eng xavfli mamlakatlar Ispaniya, Buyuk Britaniya va Marokash bo‘ldi.

Kanada, Rossiya, Indoneziya, Venesuela, Avstraliya va Yangi Zelandiyada esa suv havzalarida kasallikni yuqtirish xavfi juda kam, deb topildi. Chunki bu mamlakatlarda aholi zich joylashmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar koronavirusning suv havzalarida qariyb bir oy saqlanishini aniqladi