3 642
Sergeli hududida tashkil qilinayotgan poytaxtning Yangi hayot tumani tarkibiga qaysi mahallalar kirishi ma’lum qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkentning Sergeli tumani hududidagi 13 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini to‘liq hamda 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududining bir qismi yangi tashkil etilayotgan Yangi hayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqdagi tegishli hokim qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Al-Farg‘oniy nomidagi mahalla, «Viqor», «Chorbog‘», «Yorqin hayot», «Yo‘ldosh», «Charog‘on», «Do‘stlik», «Navqiron», «Olchazor», «Tashabbus», «Yangi umid», «Yangi Choshtepa», «Xumo» mahallalari to‘liq holda yangi tuman hududiga o‘tkaziladi.
«Daryo bo‘yi», «Qipchoq», «Sofdil», «Past darxon», «Jo‘nariq», «Choshtepa» mahallalari hududining bir qismi yangi tumanga qo‘shilmoqda. Sergeli tumani hududida 47 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Toshkentning Sergeli tumanida barpo etilgan yangi turar joy mavzesiga tashrifi chog‘ida «Choshtepa» va «Qipchoq» mavzelari negizida poytaxt hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida — Yangi hayot kichik tumanini tashkil etishni taklif qilgan.
Shuningdek, davlat rahbari mazkur tumanga hokim sifatida Toshkent shahar hokimligida kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Hayot Inog‘omov nomzodini taklif etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?