2 395
Maishiy texnika buyumlarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
33 yoshli N.J. va boshqalar Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Ular 2019 yilning dekabr va 2020 yilning yanvar oylari davomida, Bo‘ka tumanida yashovchi, 34 yoshli G.Ch. ularni aldash yo‘li bilan ishonchlariga kirib, Olmaliq shahrida joylashgan do‘kondan, pullarini bo‘lib to‘lash sharti bilan N.J. va boshqalarning nomlariga jami 134.166.846 so‘mlik turli xildagi maishiy texnika buyumlarini olib, hozirgi kunga kelib G.Ch., olgan narsalarini pullarini to‘lamasdan kelayotganligini ma’lum qilib, ushbu holat yuzasidan unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.Ch.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi