14:10 / 23.06.2020
2 029

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

«24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

10 iyun kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Moldova, O‘zbekiston, Tojikiston, Serbiya va Xorvatiya rasmiylari joriy yil tashkil etilayotgan G‘alaba bayramida ishtirok etishi haqida aytgandi. Ammo keyinroq Turkmaniston va Xorvatiya rahbarlari Moskvaga bora olmasligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi