21:20 / 23.06.2020
2 340

“Lasetti”dagi parfyumeriya vositalari manzilga yetib bormadi

“Lasetti”dagi parfyumeriya vositalari manzilga yetib bormadi
Sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga noqonuniy yo‘llar olib kirilishini oldini olish maqsadida bojxona organlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiyer shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida “Toshkent-Yangiyer” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro Sh.J. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashinada haydovchiga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 22,6 million so‘mlik, jami 905 dona parfyumeriya vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Lasetti”dagi parfyumeriya vositalari manzilga yetib bormadi