11:10 / 24.06.2020
1 942

Huquqbuzar qariyb 80 mln. so‘m zararni bir kunda to‘ladi

Huquqbuzar qariyb 80 mln. so‘m zararni bir kunda to‘ladi
Bag‘dod tuman ma’muriy sudi 20.12.2019 yilda Oltiariq tumani G‘ayrat qishlog‘ida yashovchi A.Qosimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 133-moddasi bilan bo‘lgan ma’muriy ishni ko‘rib chiqib Rishton tumanida yashovchi jabrlanuvchi G.Xakimova foydasiga 13 mln. 177 ming so‘mni undirishni belgilab berdi.

Mazkur sud hujjati 12.01.2020 yilda Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Davlat ijrochisi qarzdor A.Qosimovga dastlab ixtiyoriy muddat belgilagan, ushbu muddatda zarar to‘lab berilmagach majburiy ijro harakatlarini o‘tkazishga kirishgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor hech qayerda ishlamasligi, daromad manbaiga ega emasligi, uning nomiga ko‘chmas mulk va transport vositalari rasmiylashtirilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng davlat ijrochisi qarzdor A.Qosimovning yashash manzili Oltiariq tumani G‘ayrat qishlog‘i Adolat ko‘chasi 55-uyda ko‘zdan kechirish harakatlarini o‘tkazgan, lekin shunda ham moddiy zararni undirishga qaratilishi mumkin bo‘lgan “qo‘lga ilinadigan” biror narsa aniqlanmagan.

Pandemiya sharoitida ijro hujjati vaqtincha to‘xtatilib joriy yilning iyun oyidan Farg‘ona viloyati “yashil” hudud deb e’tirof etilganligi sababli davlat ijrochisi “G‘ayrat” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurgani holda mahalla raisi va faollari yordamida A.Qosimovning yaqin qarindoshlari bilan ochiq suhbat o‘tkazadi. Suhbat jarayonida huquqbuzar va qarzdor A.Qosimov tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi va uning oqibatida jabrlanuvchi G.Xakimovaga yetkazilgan zararni qoplash shart ekanligini tushuntirgan.

Davlat ijrochisining uddaburonligi samara berib joriy yilning 23 iyun kuni qarzdor A.Qosimovning yaqin qarindoshlari Byuroning Oltiariq tuman bo‘limiga to‘lanmasdan qolgan 12 mln. 801 ming so‘m moddiy zarar pullarini shaxsan olib kelishdi va jabrlanuvchi G.Xakimovaga tilxat asosida topshirildi.
“Qalovini topsang qor ham yonadi” deganlari shu bo‘lsa kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Huquqbuzar qariyb 80 mln. so‘m zararni bir kunda to‘ladi