16:54 / 24.06.2020
2 724

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga bordi (foto)
Bugun Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi yaqinida joylashgan Islom Karimov xiyoboniga ham tashrif buyurdi.

Prezident buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.



Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulug‘ shaxs va arbob xotirasiga 2018 yilning 18 oktabr kuni Moskva shahrida haykal o‘rnatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga bordi (foto)