14:15 / 25.06.2020
2 255

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi va muftiyning Qirg‘izistonga safari boshlandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi va muftiyning Qirg‘izistonga safari boshlandi
Bugun, 25 iyun kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘iziston davlatiga safari boshlandi. Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maqsadbek Toktamushev boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar O‘zbekiston delegatsiyasini kutib oldilar. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirgi kunda mamlakatlarimiz rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan hamkorlik aloqalari keyingi yillarda keng quloch yoymoqda. Ayniqsa, mintaqa mamlakatlari diniy idoralari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida qayd etish kerak. O‘tgan Ramazon oyi va hayit bayramlari kunini belgilash va namoz vaqtlarini aniqlashda olib borilgan ulamolar hamkorligi so‘zimizga yaqqol misol bo‘la oladi.

Bugun bo‘lib o‘tayotgan muloqotlar mamlakatlar o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik munosabatlarining uzviy davomi sifatida maydonga keldi. Muloqotlarda qardosh xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, hozirgi kundagi turli tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish, mo‘min-musulmonlar birdamligini ta’minlash kabi masalalarga alohida urg‘u qaratiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘iziston Respublikasiga safari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi va muftiyning Qirg‘izistonga safari boshlandi