21:53 / 25.06.2020
3 754

22 yoshli qizning intim rasmlarini tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan yigit ushlandi

22 yoshli qizning intim rasmlarini tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan yigit ushlandi
Illustrativ foto
Urganch tumanida yashovchi M.A. ismli ayol 2020 yil 24 iyun kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

U o‘z arizasida 1998 yilda tug‘ilgan qizning intim rasmlarini qo‘lga kiritgan, Urganch tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.R. ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu rasmlarni tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, shu paytgacha 9 600 000 so‘m miqdorida pul va qimmatbaho uyali telefonini olgan bo‘lsa-da, yana 15 860 000 so‘m miqdoridagi pulni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilayotganligini ma’lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur murojaatni o‘rganish uchun Xorazm viloyati IIB JQB iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Sh.R. talab qilingan summadagi pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Yigitlik g‘ururini unutib, ayollarga nisbatan tovlamachilik qilgan ushbu shaxsga nisbatan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)