23:13 / 25.06.2020
3 068

«Sijjak» oromgohi sotuvga qo‘yilishi kutilmoqda

«Sijjak» oromgohi sotuvga qo‘yilishi kutilmoqda
Ushbu dam olish maskani muqaddam Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan, 2017 yilda musodara qilingan, 2019 yilda Sijjak qo‘rg‘onidagi hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga tekin foydalanishga berilgandi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Sijjak» dam olish maskani Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ommaviy savdolar orqali sotuvga chiqarilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.

Ayni paytda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi balansida saqlanayotgan mazkur oromgoh 2019 yil yoz oylarida federatsiyaga milliy jamoaning o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish uchun berilgandi.

Muqaddam Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan oromgoh 2017 yilning 10 fevralida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgandi. Ta’kidlanishicha, ushbu oromgoh va undagi mol-mulklar tez orada Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan sotuvga chiqariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sijjak» oromgohi sotuvga qo‘yilishi kutilmoqda