06:53 / 26.06.2020
2 407

Shuhrat G‘aniyev viloyat hokimi sifatida pora olmaganini ma’lum qildi

Shuhrat G‘aniyev viloyat hokimi sifatida pora olmaganini ma’lum qildi
Foto: Farg‘ona viloyat hokimligi
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev viloyat hokimi sifatida umuman pora olmaganini aytdi. Bu haqda Farg‘onada jurnalist va blogerlar uchun viloyat hokimi ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi «Daryo» nashri.

Viloyat hokimligining qabullar uyida tashkil etilgan matbuot anjumanida Shuhrat G‘aniyev bloger va jurnalist Zafarbek Solijonovning savoliga javoban maddohlik va poraxo‘rlikka nisbatan o‘z munosabatini bildirgan.

Foto: Farg‘ona viloyat hokimligi
Shuhrat G‘aniyev «Viloyat hokimi sifatida ishlagan davringizda sizga pora taklif qilishganmi va qaysi masalada?» degan savolga «Agar menga pora taklif qilishganida va men pora beradigan rahbarlar bilan ishlaganimda, shuncha muddat viloyatga rahbarlik qilmagan bo‘lardim», — degan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shuhrat G‘aniyev viloyat hokimi sifatida pora olmaganini ma’lum qildi