23:03 / 26.06.2020
1 964

Bugun 161 nafar bemor tuzaldi, jami tuzalib chiqqanlar soni 5 mingdan oshdi

Bugun 161 nafar bemor tuzaldi, jami tuzalib chiqqanlar soni 5 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonning to‘rt hududidagi tibbiyot muassasalaridan yana 125 bemor sog‘ayib chiqqani va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 5038 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Bugun Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 14 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 34 nafar, shahar 3-son tug‘ruq majmuasida 7 nafar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 19 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar, jami 125 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

«Shunday qilib, poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarida yana 87 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida kasallikdan sog‘ayganlar soni 2860 nafarga yetdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shifokorlarimizning fidoyiligi sabab dan tuzalganlar soni 141 nafarga yetib, koronavirusdan xoli hududga aylanmoqda. Endilikda Qashqadaryo viloyatida infeksiyadan forig‘ bo‘lganlar soni 42 nafarni tashkil etmoqda.
Navoiy viloyatida esa koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 237 nafarga yetdi
», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq Toshkentda yana 36 nafar bemor koronavirusdan forig‘ bo‘lgani xabar qilingandi.
Shunday qilib, bugun yurtimizda shu soatgacha 161 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5038 nafarni tashkil etmoqda. Ayni vaqtda shifoxonalarda 2262 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun 161 nafar bemor tuzaldi, jami tuzalib chiqqanlar soni 5 mingdan oshdi