09:23 / 27.06.2020
2 914

Qamchiq dovonida Isuzu va Howo yuk mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Qamchiq dovonida Isuzu va Howo yuk mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
A-373 Toshkent—O‘sh yo‘lida Isuzu yuk mashinasi hamda Howo ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, 25 iyun kuni soat 09:50 da Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining navbatchi-dispetcheriga ma’lumot kelib tushgan. Unda Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 250,5-kilometrida Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Howo’ga borib urilgan. Isuzu haydovchisi va salondagi yo‘lovchi tan jarohati olgan.

Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, tan jarohati olgan haydovchi va yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Birinchi tez tibbiy yordamdan so‘ng ular Pop tumani markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida Isuzu va Howo yuk mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi