1 708
Barcha idora va tashkilotlarning respublika bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi yaratilishi mumkin
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida barcha idora va tashkilotlarning respublika bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi yoki telegram botini yaratish haqida petitsiya e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda barcha tashkilotlarning xam rasmiy sayti mavjud emas, mavjudlari ham o‘z saytlarini yangilab borishmaydi.
“Ularning aksariyatida bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari ishlamaydi, elektron pochta manziliga yuborilgan murojaatingiz uzoq vaqt o‘rganilmay qolib ketadi. Bu esa, hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lib turgan “masofadan (uydan) turib murojaat yo‘llash” yoki xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklamoqda”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha idora va tashkilotlar to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar (bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari, yuridik manzili, elektron pochtasi (E-mail) va hokazolarni) mavjud bo‘lgan respublika bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi yoki telegram botini yaratish taklif qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan