16:20 / 27.06.2020
2 331

Tanzila Norboyeva: «Aynan sizlar barchaga namuna bo‘ladigan soha xodimlarisiz»

Tanzila Norboyeva: «Aynan sizlar barchaga namuna bo‘ladigan soha xodimlarisiz»
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva jurnalistlar va ijodkorlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan tabrikladi.

Mamlakatimizda so‘z va fikr erkinligini ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilayotgan bugungi kunda sizlarning ta’sirchan so‘zingiz, faol fuqarolik pozitsiyangiz har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Chunki aynan sizlar hayotiy va kasbiy tajribangiz, keng dunyoqarashingiz hamda yurtsevarligingiz bilan barchaga namuna bo‘la oladigan soha xodimlari sanalasizlar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ham ommaviy axborot vositalari xodimlarining sharafli mehnatini yuksak baholab, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin tutishida Siz, jurnalistlarning ham o‘rni beqiyos ekanligini alohida e’tirof etadi. O‘ylaymanki, istiqbolda hamkorligimiz yanada mustahkamlanib boraveradi.

Sizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Jamiyatdagi muammoli va dolzarb masalalarni yuzaga chiqarish, ularning yechimiga keng omma e’tiborini jalb etishdek mas’uliyatli ishingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin. Kasb-koringizga baraka, ishingizga rivoj tilayman
”, deyiladi Senat raisi tabrigida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanzila Norboyeva: «Aynan sizlar barchaga namuna bo‘ladigan soha xodimlarisiz»