17:52 / 27.06.2020
2 146

Yana 61 nafar hamyurtimizda virus aniqlandi. Ulardan 12 nafari aholi orasidan

Yana 61 nafar hamyurtimizda virus aniqlandi. Ulardan 12 nafari aholi orasidan
2020 yil 27 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7551 (+61) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 38 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 22 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 12 nafari aholi orasida), 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni soatlarda Xorazm viloyatida 18 nafar, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, jami 25 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi.

️Shunday qilib, yurtimizda 5063 (+25) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 2468 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana 61 nafar hamyurtimizda virus aniqlandi. Ulardan 12 nafari aholi orasidan