08:10 / 28.06.2020
3 782

Komil Allamjonov: «Shimoliy Koreyaga aylanib qolishimiz mumkin, agar...»

Komil Allamjonov: «Shimoliy Koreyaga aylanib qolishimiz mumkin, agar...»
Kuni kecha “Uzreport” telekanalida jurnalist Gulnoza Husanovaning Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov bilan intervyusi efirga uzatildi.

Intervyuda jurnalistika va blogerlik sohasiga oid muammolar va yutuqlar, jamoatchilik nazorati hamda so‘z erkinligining muhim va nozik tomonlari, shuningdek haqoratlari ommaga chiqib ketayotgan hokimlar haqida suhbatlashildi.

«Bugun shunaqa zamonda yashayapmizki, jurnalist va blogerning og‘zini yopsangiz, muammo hal bo‘lmaydi. Ular anonimga aylanadi va Feysbukda paydo bo‘ladi. Feysbukni o‘chirib qo‘ysangiz, Instagramga boradi. Instagramni o‘chirib qo‘ysangiz, Tvitterga boradi. Tvitterni o‘chirib qo‘ysangiz, Telegramga boradi. Uniyam o‘chirib qo‘ysangiz, Shimoliy Koreya bo‘lamiz-qolamiz. Boshqa yo‘limiz yo‘q, yagona yo‘l, bu – matbuot bilan ishlashni zudlikda o‘rganishimiz shart», – dedi K. Allamjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Komil Allamjonov: «Shimoliy Koreyaga aylanib qolishimiz mumkin, agar...»