08:35 / 28.06.2020
3 178

Namanganlik tadbirkor ba’zi qurilish mahsulotlari narxini 3 baravarga “sindirmoqchi”

Namanganlik tadbirkor ba’zi qurilish mahsulotlari narxini 3 baravarga “sindirmoqchi”
Vodiy” azaldan hunarmandchilik bilan dovrug‘ qozongan bo‘lsa, bugungi kunda ham ishlab chiqarish salohiyati va salmog‘i bo‘yicha mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutuvchi hudud sanaladi. Shu o‘rinda Namangan viloyati bu hududdagi ishlab chiqarish salohiyati eng yuqori bo‘lgan viloyatdir. Agar internetdagi qidiruv tizimlari orqali ish izlab ko‘rsangiz ham, Namangan viloyatining mehnat bozoridagi asosiy resurslarga bo‘lgan talab aynan ishlab chiqarish tarmoqlariga tegishli ekanining guvohi bo‘lasiz.

Va bu talabning 90 foiz ulushi viloyatning Namangan shahriga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizda import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lidagi yana bir qadam sifatida 2018 yil 2 iyulda “Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3826-sonli Prezident qarori qabul qilingan edi.

Qariyb 2 yil o‘tib, mazkur qaror ijrosi qanchalik ta’minlanyapti? Ayni paytda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatidagi qilgan safari davomida shu kabi savollarga namanganlik tadbirkorlar orqali javob topishga urinib ko‘ryapmiz. Ochig‘i, Namangan bizni hayratlantira olyapti.

PRЕZIDЕNT QARORI IJROSI QAYSI BOSQICHDA?
Mazkur qaror ijrosi bilan tanishish maqsadida prezidentimiz “Yuksalish” kichik sanoat zonasiga tashrif buyurdi. 117 gektar maydonni egallagan ushbu hududda qurilish materiallari, mashinasozlik va metalga ishlov berish, elektrotexnika sanoati, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati bo‘yicha loyihalar amalga oshirilgan.


MABLAG‘LAR VA YANGI ISH O‘RINLARI
Kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 1 trln. 208 mlrd. so‘mlik jami 95 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar esa 32 ta 66,9 mlrd. so‘mlik loyiha ishga tushirilgan. Loyihalar quvvati: yiliga 779,5 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 311,1 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarish quvvatiga erishilgan. Ahamiyatlisi 7 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar 3 035 ta ish o‘rni yaratilgan. Kichik sanoat zonasi loyihalari ishga tushirilgach, 7,8 mln. dollarlik eksport salohiyatiga erishiladi.



ISHLAB CHIQARILAYOTGAN MAHSULOTLAR
Kichik sanoat zonasida shifer, po‘latdan choksiz truba, elektroshit, metall mahsulotlarini qayta ishlash, suv nasoslari va elektro dvigatellar, momiq sochiq hamda sochiq mahsulotlari, yirik suv sig‘imlari va plastik quvurlar va qismlari, paypoq va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirilgan.

“NARXLAR ANCHA ARZON BO‘LADI”
Prezidentimiz kichik sanoat zonasida joylashgan 100 dan ortiq korxonalar faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Shulardan biri Art Soft ceramics holding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Flat Tile” mas’uliyati cheklangan jamiyatining kafel-keramika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi.

Olimjon BOBOXONOV, Art Soft ceramics holding kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi:
"Hozirgi kunda O‘zbekiston bozoridagi 55 foizgacha keramika mahsulotlari import qilinadi. Mahsulotga ichki va tashqi bozorda ehtiyojning juda yuqoriligi uchun biz ushbu qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Bozorlarda import mahsulotlar bir metr kvadrati 6 dollardan sotilayotgan bo‘lsa, ularningning tannarxi 2 dollarni tashkil etadi. Narxlardagi farqni ko‘ryapsizmi? Agar biz ichki bozorni ham o‘z mahsulotlarimiz bilan ta’minlay olsak, narxlar ancha arzon bo‘ladi. Narxlarning arzon bo‘lishi sabablaridan yana biri hom ashyolarning hammasi yurtimizda qazib olingan va ishlab chiqarilgan mahsulotlardir."

PRЕZIDЕNT BU ISHLAR NЕGA AVVALROQ QILINMAGANI SABABINI AYTDI
"O‘zbekistonimizdek foydali qazilmaga boy zamin kam. O‘zimizda shunday yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun g‘oyat keng imkoniyatlar, tabiiy resurslar bo‘la turib, ularni import qilardik. Nega? Chunki zamonaviy geologik tadqiqotlar, ekspeditsiyalar qilmasdik, ilm-fan orqali masalalarga yondashmasdik. Endi xomashyodan to‘g‘ri, unumli foydalanish, undan bugungi kun talablariga javob beradigan tovarlar ishlab chiqarish uchun ilmiy asoslangan yechimlar topish vaqti keldi!"

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganlik tadbirkor ba’zi qurilish mahsulotlari narxini 3 baravarga “sindirmoqchi”