16:25 / 28.06.2020
2 119

O‘zbekistondagi har bir viloyatda iyul oyidan boshlab «Yevro-5» yoqilg‘isiga ega shoxobchalar paydo bo‘lishi kerak

O‘zbekistondagi har bir viloyatda iyul oyidan boshlab «Yevro-5» yoqilg‘isiga ega shoxobchalar paydo bo‘lishi kerak
Iyul oyidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sharida «Yevro-5» standarti talablariga javob beradigan, yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi va benzin bo‘lgan kamida bitta yoqilg‘i quyush shoxobchasi ochilishi kerak. Ushbu vazifa Prezidentning 25 iyundagi O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni bilan Energetika vazirligiga topshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Yevro-5» standartiga oid yoqilg‘ilar «O‘zbekneftgaz» AJning shoxobchalari orqali sotiladi. Bundan tashqari, ma’lum qilinishicha, Jizzakh Petroleum kompaniyasi ham xuddi shu turdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarini ochishni rejalashtirmoqda, u «O‘zbekneftgaz» va xorij mamlakatlaridan import qilingan yoqilg‘ilarni xarid qiladi.

Avvalroq Farg‘onada 2023 yildan boshlab Ai-92 benzin va «Yevro-5» standartidagi dizel ishlab chiqarilishi to‘g‘risida ma’lum qilingandi.

«Yevro-5» — zararli va chiqindi gazlar tarkibini tartibga soluvchi ekologik standart. 2008 yildan buyon Yevropa Ittifoqidagi barcha yangi yuk mashinalari, 2009 yil 1 sentabrdan barcha yengil mashinalar uchun majburiy qilib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasi 2017 yilning iyun oyida «O‘zbekneftgaz» va Gaz Project Development Central Asia (Gazprom International kompaniyasining filiali) tomonidan tashkil qilingan. Loyihaga ko‘ra, ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushi qayta taqsimlangan, «O‘zbekneftgaz»ning ulushi 60 foizdan 30 foizga kamaygan, xorijiy ta’sischilarning ulushi esa 40 foizdan 70 foizga oshgan.

Ayni paytda ta’sischilar tarkibidan Belvor Holding Limited (68 foiz), «O‘zbekneftgaz» (30 foiz) va Gaz Project Development Central Asia (2 foiz) o‘rin olgan. Jizzakh Petroleum’ning rahbari Shokir Fayzullayev hisoblanadi. U avval «O‘zbekneftgaz» raisi va iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi har bir viloyatda iyul oyidan boshlab «Yevro-5» yoqilg‘isiga ega shoxobchalar paydo bo‘lishi kerak