22:00 / 28.06.2020
4 918

Koronavirusni 25 soniyada yo‘q qilish usuli topildi

Koronavirusni 25 soniyada yo‘q qilish usuli topildi
AQSHning Boston universiteti tadqiqotchilari Signify kompaniyasi ko‘magida ultrabinafsha nurlanish yordamida koronavirusni samarali yo‘q qilish mumkinligini tasdiqlashdi.

Naked Science nashrining yozishicha, olimlar bu maqsadda tajriba o‘tkazib, uning davomida virus bilan zararlangan materialni ultrabinafsha nurlanishning tuli dozalariga uchratishgan va bunda virusning faolsizlanishi tezligini baholashgan.

Pandemiya boshidan Boston universitetining tibbiyot kolleji doktori Entoni Griffits va uning jamoasi zararlangan materiallarni ultrabinafsha nurlanishning turli dozalariga uchratib kelishgan va uning turli sharoitlarda koronavirusni faolsizlantirishini baholab kelishgan. Bungacha kvadrat santimetr yuzaga 5 megajoul miqdordagi nurlanish virusni 6 soniyada 99 foizga zararsizlantiradi, deb hisoblab kelingan. O‘tkazilgan tajriba esa kvadrat santimetr yuzaga 22 megajoul miqdordagi nurlanish virusni 25 soniyada 99,9999 foizga yo‘q qilishini ko‘rsatgan.

Shu tariqa, 15 kvadrat metrga ega maydonni virusdan zararsizlantirish uchun 13 vattli UV-S lampa talab qilinadi.

Tadqiqotlarimiz natijalarining ko‘rsatishicha, ultrabinafsha nurlanish dozalarining muayyan oshishida viruslar to‘liq zararsizlangan: biz sanoqli soniyalardan keyin biror-bir virusni aniqlay olmaganmiz. Biz bu natijalardan juda mamnunmiz va bu koronavirus tarqalishi oldini olishga yordam beruvchi qurilmalar ishlab chiqishni tezlashtirishiga umid qilamiz”, deb aytgan Entoni Griffits.

Signify kompaniyasi bosh direktori Erik Rondolatning ta’kidlashicha, olimlar, shuningdek, UV-S lampalar viruslardan xoli muhitni ta’minlash yo‘llarini izlayotgan muassasalar uchun samarali vosita ekanligini tasdiqlashgan.

Biroq mutaxassislar UV-C lampalar ta’siri insonga zarar yetkazishini eslatib o‘tishmoqda: ultrabinafsha nurlanish teri qizarishi va kon’yunktivitga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi tadqiqotlar uning saraton rivojlanishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan.

Quyoshdan tarqaluvchi va quyoshdan himoyalovchi sifatli krem bilan bloklanishi mumkin bo‘lgan UV-A va UV-V nurlardan farqli, UV-S nur qisqaroq va kuchliroq to‘lqin uzunligiga ega. Shu sababli undan bezarar foydalanish uchun maxsus qurilma lozim. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ultrabinafsha nurni qo‘l va terini sterillashda qo‘llovchi odamlarni uning xavfli ekanidan ogohlantirib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusni 25 soniyada yo‘q qilish usuli topildi