18:07 / 29.06.2020
1 786

MIB qarzdor jamiyatdan fuqarolar foydasiga 115 mln. so‘m kompensatsiya pullarini undirdi

MIB qarzdor jamiyatdan fuqarolar foydasiga 115 mln. so‘m kompensatsiya pullarini undirdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 12.03.2020 yildagi 2-1001-1904/33501 (№1-294-6502/20) sonli qaroriga asosan, qarzdor “Training Project” MCHJdan undiruvchilar B.Alimov, O.Alimov, O.Alimova va D.Alimovalar foydasiga 115 mln. 200 ming so‘m miqdorida kompensatsiya puli undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIB Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituviga 24.04.2020 yilda kelib tushgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi O.Abdurazoqov tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor “Training Project” MCHJning hisob raqamlariga inkasso qo‘yilgan. Bo‘lim tomonidan karantin sharoitida qarzdor jamiyatga nisbatan olib borilgan to‘g‘ri tushuntiruv harakatlaridan so‘ng to‘g‘ri xulosaga kelib, qarzdorlikni to‘lashi lozimligini tushunib yetgan. Joriy yilning 11 iyun kuni qarzdordan undiruvchi fuqarolar foydasiga 115.200.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘i to‘liq undirib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB qarzdor jamiyatdan fuqarolar foydasiga 115 mln. so‘m kompensatsiya pullarini undirdi