21:25 / 29.06.2020
2 784

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida sof palladiy olishga erishildi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida sof palladiy olishga erishildi
Dunyo bozorida 1 gramm palladiy narxi 67 dollarga baholanmoqda. Bu nodir metall asosan zargarlik, tibbiyot, xususan, stomatologiya sohasida, elektronika, mashinasozlik va kimyoviy ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashabbusi va ilmiy tadqiqotlari tufayli birinchi bor yuqori tozalikdagi 99,00 foiz sof palladiy kukunini olishga erishildi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tozalangan sof palladiy kukuni ajratib olish uchun 17ta jarayonni bosib o‘tish kerak bo‘ladi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida past konsentratsiyali elektrolit eritmalaridan yuqori tozalikka ega bo‘lgan sof palladiy kukunini ajratib olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqilib, metall ajratib olish darajasi 80 foizga olib chiqildi. Shu ma’noda kombinat rahbariyatining faol va ilg‘or tashabbusi bilan 2018 yildan buyon olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga molikdir”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot berilishicha, bugun dunyo bozorida 1 gramm palladiy narxi 67 dollarga baholanmoqda. Platinadan 7,3 foizga qimmat yuradigan bu nodir metall asosan zargarlik, tibbiyot, xususan, stomatologiya sohasida, elektronika, mashinasozlik va kimyoviy ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.

Dunyo miqyosida Yevropa, Yaponiya, Xitoy va Shimoliy Amerika davlatlari sanoat bozorida palladiydan unumli foydalanayotgan davlatlar safiga kiradi.

Shunday ekan, qayta ishlangan elektrolitdan sof palladiy kukunini ajratib olishni sanoat sohasiga keng tatbiq etayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining bu sa’y-harakatlari mamlakatimiz iqtisodiy ishlab chiqarish salohiyatiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi va albatta, palladiydan unumli foydalanayotgan rivojlangan davlatlar safiga kirishimizga umid qilib qolamiz”, deyiladi kombinat axborot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida sof palladiy olishga erishildi