22:08 / 29.06.2020
2 499

1,6 milliard so‘mlik avtomobil shinalarini noqonuniy olib kirish rejasi chippakka chiqdi

1,6 milliard so‘mlik avtomobil shinalarini noqonuniy olib kirish rejasi chippakka chiqdi
Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatdan yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan tovarlar “Chuqursoy texnik idora” chegara bojxona postida xolislar va ishonchli vakil fuqaro M.O. ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida, olib kelingan yuklar orasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 1,6 milliard so‘mlik 5662 dona avtomobil shinalari borligi aniqlandi.

Hujjatlardan yashirilgan shinalarga 791,7 million so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1,6 milliard so‘mlik avtomobil shinalarini noqonuniy olib kirish rejasi chippakka chiqdi