08:25 / 30.06.2020
4 710

Fitna nazariyasi chinga o‘xshaydi...

Fitna nazariyasi chinga o‘xshaydi...
Fitna nazariyalariga unchalik ishonmasam ham, bo‘layotgan ba’zi ishlar tizimli ravishda amalga oshirilayotgandek, nazarimda.

- O‘zini ayollarga o‘xshatib, to‘yma-to‘y yuradigan xezalaklarga "parodist san’atkor" nomi berilib, hatto TV ga olib chiqilishi, ularning jirkanch ishlariga "san’at" deb nom berilishi;
- Bir ko‘rsatuvda fohisha va lesbianka qizlarning oshkora namoyish qilinishi, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash bahonasi(ilinji)da ularga nisbatan odamlarda simpatiyani uyg‘otishga urinish;
- Ba’zi san’atkorlarning transgenderlar bilan iliq munosabatini ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoyish;
- Ikki mashhur ayol qo‘shiqchilarimizning bir-biri bilan o‘pishgudek darajada bir-biriga qarata sevgi haqidagi qo‘shig‘iga ishlangan klip;
- Turli shoumenlar tomonidan bachchavozlik haqidagi hazillarning nihoyatda ko‘payib, xalqqa oddiy holdek ko‘rsatilishi, natijada ko‘pchilik bunday hazillarni nafrat bilan emas, kulgi bilan qabul qila boshlagani;
- Ba’zi OAVlarning LGBTlarni himoyalovchi, ularga muxolif bo‘lganlarni qoloqlikda, mutaassiblikda ayblovchi maqolalarni tez-tez e’lon qilib turishi;
- Ba’zi populist blogerlar tomonidan LGBTlarni bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlash, ularga nisbatan tolerant bo‘lishga da’vat qilishning avj olishi;
- Shunday blogerlar jamoasi tomonidan geylikni biologik taqozo, pedofillikni ham normal holat deb baholaydigan kitobning tarjima qilinib, o‘zbek kitobxonlariga taqdim etilishi;
- AQSH elchixonasining LGBT likni tashviqot qilish fonidagi provokatsiyasi;
...
Bu voqealarning ishtirokchilari bir-birlaridan bexabar holda, hech kimdan buyurtma olmagan holda alohida faoliyat olib borishayotganligi haqiqatga yaqindir, ehtimol.
Biroq bu jirkanchliklar shu zaylda davom etsa, bu ishlarning yakunini taxmin qilish qiyin emas.

"Overton oynasi" allaqachon sinib bo‘lgan, romi ham qolmagan. Bosqinchilar shu oynadan o‘tib, uyni talon-toroj qilib ham bo‘lgan.
Faqat ular o‘zlarining ushbu jinoyatlarini oqlab beruvchi qonun qabul qilinishini kutishyapti xolos.
Ifloslikka nisbatan bag‘rikeng bo‘lishni targ‘ib qilayotgan razil, isqirt, haromzodalarga Allohning la’nati bo‘lsin.

Yolqin Muqimov

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fitna nazariyasi chinga o‘xshaydi...