Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish doirasida DXX Buxoro viloyati boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasining kontrabanda bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida yashovchi “O.S.” 540 gr. simob moddasini xaridorga 50 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bundan tashqari, Buxoroda yana shunday bir holatning oldi olindi. Xususan, Jondor tumanida yashovchi “F.X.” 3 kg 60 gr. simob moddasining har bir kilogrammini 4 ming AQSH dollariga sotib, mo‘may daromad topishni reja qiladi. Bu borada unga Romitan tumanida istiqomat qiluvchi “J.R.” vositachilik qiladi.
DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular yuqorida qayd etilgan simob moddasini “Buxoro - Gazli” avtomobil yo‘lida joylashgan avtoturargohda sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!