12:25 / 30.06.2020
4 782

O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilmoqda

O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilmoqda
O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilmoqda. Mamlakatda epidemiologik vaziyat yomonlashgani hisobga olinib, Respublika maxsus komissiyasi tegishli qarorlarni qabul qildi.

Unga ko‘ra, 1 iyul kunidan respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi.

«Qizil» va «sariq» hududlarda soat 07:00dan 23:00ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda 23:00dan 07:00ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi.

Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi.

Mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanadi.
Shuningdek, «qizil» va «sariq» hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilmoqda