15:03 / 30.06.2020
4 994

«Bizga Abdurahmonov, Bozorov, Barnoyevdek hokimlar kerak» - Shavkat Mirziyoyev «faqat pul so‘rashni biladigan hokimlar»ni tanqid qildi

«Bizga Abdurahmonov, Bozorov, Barnoyevdek hokimlar kerak» - Shavkat Mirziyoyev «faqat pul so‘rashni biladigan hokimlar»ni tanqid qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida boqimanda hokimlarni tanqid qildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

«Bunday hokimlar kimga kerak? Hadeb pul so‘raverishning o‘rniga tadbirkorlarga sharoit yaratsin, bir so‘mni ikki so‘m qilishni o‘rgansin. Toshkentdan kelgan pulni taqsimot qilib o‘tirishni hamma ham biladi», — dedi davlat rahbari.

Uning ta’kidlashicha, Samarqand viloyati hokimi sifatida ishlagan vaqtlarida «traktor tugul, hatto oddiy shina olishga ham imkon topolmagan paytlari bo‘lgan».

«Kuniga mashinam uchun 10 litr benzin berardi — bu Samarqanddan Paxtachiga borib-kelishga ham yetmasdi. Mehmon kutib-kuzatuvchi edim, kuniga uch-to‘rt marotaba mehmon kutishga ham to‘g‘ri kelardi. Shunday kunlarni ko‘rganmiz. Hozir unday emas-ku? Hududlarda milliard-milliard so‘m o‘zida qolyapti, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari boqimanda hokimlarni tanqid qilish bilan bir qatorda tashabbuskor, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshadigan rahbarlarni ham tilga olib o‘tdi.

«[Andijon viloyati hokimi Shuhrat] Abdurahmonov bilan [Namangan viloyati hokimi Xayrullo] Bozorovni nega hurmat qilaman? Ular aytilgan topshiriqni sidqidildan bajaradi, yana o‘zi tashabbus ham ko‘rsatadi. O‘ktam Barnoyevda ham shunday xususiyat bor edi. Bizga shunday hokimlar kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bizga Abdurahmonov, Bozorov, Barnoyevdek hokimlar kerak» - Shavkat Mirziyoyev «faqat pul so‘rashni biladigan hokimlar»ni tanqid qildi