22:45 / 01.07.2020
2 459

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda samarali kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda Buxoro shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro A.F.ning qo‘lidagi sumka o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu sumkada 173,15 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi