3 233
IIV tizimida qancha rahbar xodimlar xizmatdan bo‘shatilgani va lavozimdan ozod etilgani ma’lum qilindi
Foto: «Daryo» / Madina Nurman
Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Xalqaro press-klub sessiyasida tizimda xizmatdan bo‘shatilgan va lavozimdan ozod etilgan rahbar xodimlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2020 yilning o‘tgan davri mobaynida bugungi kun talablariga javob bermaydigan 19 nafar rahbar xizmatdan bo‘shatilgan, 10 nafar vazirlik darajasidagi, 6 nafar viloyat darajasidagi, 65 nafar tuman (shahar) darajasidagi rahbarlar lavozimidan ozod etilgan.
Xodimlar tomonidan korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish maqsadida eskicha uslubda ish yuritayotgan 8 nafar rahbar xodim xizmatdan bo‘shatilgan, 46 nafari lavozimidan ozod etilgan. 7 nafar xodim past lavozimlarga tayinlangan, ko‘p yillardan buyon bir joyda xizmat qilgan 95 nafar rahbar rotatsiya qilingan, 19 nafar xodim intizomiy jazolangan, 3 nafari intizomiy kengashda ko‘rib chiqilgan va 2 nafari rasmiy ogohlantirilgan.
Bundan tashqari, tizimda xizmat intizomiga bevosita mas’ul, ya’ni rahbarlarning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyati to‘liq o‘rganib chiqilgan va 356 nafar rahbar xodim vazirlikda navbatdan tashqari maxsus attestatsiyadan o‘tkazilgani aytildi. Shundan 35 nafari lavozimiga noloyiq deb topilib, vazifasidan ozod qilingan va 104 nafariga olti oy sinov muddati belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV matbuot kotibi 2020 yilda 2350 nafar ichki ishlar xodimi xizmat intizomini buzgani aniqlanganini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?