00:30 / 02.07.2020
3 137

Virus blokator virusdan himoya qiladimi?

Virus blokator virusdan himoya qiladimi?
Bugun, 1 iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Dorixonalarda koronavirusdan himoya qiladigan qimmat beydj (virus blokator) sotilmoqda. Aytishlaricha, u 2 metr masofagacha virusdan himoya qilarmish. Beydj — sotib olishga arziydimi?
Viruslar blokatori — Yaponiyada kashf qilingan individual beydj, hozirgi vaqtda uni Rossiya kompaniyalari ham ishlab chiqarmoqda. Kashfiyotchilarning ta’kidlashicha, beydjga kiritilgan dioksid xlorid moddasi inson atrofidagi havoni zararsizlantirishga hamda bakteriya, virus va qo‘ziqorinlarni yo‘q qilishga yordam beradi.

Afsuski, bunday bayonotlar beydjlar haqiqatan inson atrofida tozalikni ta’minlashga qodirligini dalillovchi biror asoslangan ilmiy maqolaga tayanmagan. Dioksid xlor bug‘ shaklida A gripp virusi faolligini pasaytiradi, buning uchun uni plastik yoki qog‘ozga kiritish emas, balki sepish kerak. Bundan tashqari, tajribada moddani faqat bitta kasallik qo‘zg‘atuvchisida sinovdan o‘tkazishgan, ishlab chiqaruvchilar esa barcha mavjud mikroorganizmlardan 99 foizga himoyalashini aytishmoqda.

23 iyun kuni koronavirusga test topshirganman, haligacha javobi kelmadi. Ma’lumotnoma berilmaydimi? Ishga kirishim kerak.
Koronavirusni aniqlash uchun olingan tahlil musbat chiqqanda sizni albatta klinikaga olib ketgan bo‘lishardi. Demak, tahlil manfiy chiqqan. Agar ishxonaga yoki boshqa manzilga topshirish uchun ma’lumotnoma kerak bo‘lsa, tahlil topshirgan joyga pasport bilan murojaat qilishingiz zarur va ma’lumotnoma yetkazib beriladi.

O‘zbekistonda PZR testlar faqatgina koronavirus qo‘zg‘atuvchisini aniqlaydimi yoki gripp va boshqa infeksiyalarni ham aniqlashi mumkinmi?
PZR test diagnostikasi nafaqat koronavirusni tekshiradi, balki barcha virus va bakteriya qo‘zg‘atadigan yuqumli kasalliklarni aniqlab beradi. Koronavirus va gripp kasalligi o‘xshash, ammo farqli tomonlari ham ko‘p. Gripp qo‘zg‘atuvchisini ham PZR usuli bilan aniqlab ajratish mumkin.

Koronavirusning yengil darajasi bilan kasallangan bemorlarning uyda davolanishi mumkinligi rostmi?
Haqiqatan, 5 iyuldan boshlab O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashning yangi tartibi joriy qilinadi. Bemorlar uch toifaga bo‘linadi:
  • koronavirus infeksiyasining yengil darajasi bilan kasallangan bemorlar (kasallik alomatlarisiz);
  • koronavirus infeksiyasining o‘rta darajasi bilan kasallangan bemorlar (yuqori tana harorati)
  • og‘ir darajadagi bemorlar.

O‘rta darajadagi va kasallik alomatlari bo‘lmagan bemorlarga shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda va zarur shart-sharoit mavjud bo‘lganda uy sharoitida davolanishga ruxsat beriladi. Yengil darajadagi va kasallik alomati bo‘lmagan bemorlar 10 kun ichida infeksiyaning klinik belgilari kuzatilmasa, kasalxonadan chiqariladi.

Virus tasdiqlangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar 14 kunlik karantinni uyda yoki mehmonxonada o‘tkazishlari mumkin.
IIV, Milliy gvardiya va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimlari uy sharoitida davolanayotganlarni nazorat qilishadi. Qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi

Koronavirusga olingan tahlil natijasi musbat bo‘lsa, asosiy qon tahlili necha kun ichida olinadi?
Birlamchi PZR tahlil natijasi musbat chiqsa, fuqaro karantinga emas, yakkalanishga olinadi va shu kunning o‘zida tahlil takroran referens, ya’ni ekspert laboratoriyaga topshiriladi. Laboratoriya xulosasiga ko‘ra yakuniy tashxis tasdiqlanadi va bemor bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Virus blokator virusdan himoya qiladimi?