13:00 / 02.07.2020
4 547

Prezident aholi tomorqalari bo‘yicha yangi qaror imzoladi

Prezident aholi tomorqalari bo‘yicha yangi qaror imzoladi
Prezident “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
  • aholi tomorqalariga kafolatlangan ko‘chat va urug‘larni tizimli yetkazib berishni tashkil etish uchun "Tomorqa xizmati" MCHJlarga issiqxona, sovitkichli omborxonalar, chorvachilik majmualari qurish uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq yer maydoni ajratish;
  • "Tomorqa xizmati" MCHJlar kuzatuv kengashlari tarkibiga, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi a’zo bo‘lib kirishlari;
  • aholi tomorqalariga kafolatlangan ko‘chat va urug‘larni tizimli yetkazib berish, mahsulotlarni sotishni tashkil qilish uchun viloyatlar va tuman (shahar)lar markaziy dehqon bozorlarida, aholi gavjum punktlarida "Tomorqa xizmati" MCHJlar uchun maxsus savdo maydonlarini ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
  • klaster usulida faoliyat yuritadigan "Tomorqa xizmati" MCHJlarga 3 yil muddatga kredit yoki ularning ustav kapitaliga keyinchalik sotish huquqi bilan ulush ajratadi;
  • aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun 20-30 tonnalik kichik hajmli sovitkichlar barpo etish uchun kredit ajratadi;
  • tijorat banklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida uch oy imtiyozli davr bilan bir yil muddatga 4 foiz bank marjasini hisobga olgan holda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yo‘nalishida 2 million so‘mgacha Oilaviy tadbirkorlik markazi xulosasisiz On-line tarzda tomorqa yer egalariga mikrokreditlar ajratish mexanizmini joriy etadi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:
2023 yil 1 yanvarga qadar "Tomorqa xizmati" MCHJ hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlariga beriladigan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 3 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan hajmda kafillik berilishi belgilandi;

fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari, "Tomorqa xizmati" MCHJ va qishloq xo‘jaligi kooperativlariga Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda, ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 7,5 foizli punktigacha qoplab berish tizimi joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida kamida 30 ta aholi tomorqalarini sug‘orish uchun yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash xarajatlarining 70 foizini, biroq 120 million so‘mdan oshmaydigan qismini qoplashga subsidiya ajratadi.

2022 yil 1 yanvarga qadar muvofiq tovarlarni olib kirishda bojxona bojining (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lov va qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) nol stavkalari belgilandi.

“O‘zbekchorvanasl" agentligi bir oy muddatda sisternada avtomatlashgan sut hajmini o‘lchash va tozalash mexanizmiga ega sut mahsulotlari yig‘ish mashinalari hamda motokultivatorlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda "O‘zavtosanoat" AJga texnik vazifani kiritadi.

"O‘zavtosanoat" AJ "O‘zbekchorvanasl" agentligining texnik vazifasi asosida, bir oy muddatda sisternada avtomatlashgan sut hajmini o‘lchash va tozalash mexanizmiga ega sut mahsulotlari yig‘ish mashinalari hamda motokultivatorlarni mahalliylashtirish bo‘yicha aniq choralarni ko‘radi.

Belgilab qo‘yilishicha:
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab- quvvatlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1 aprel va 1 avgustga qadar suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalarida qaziladigan quduqlarning manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi;

loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatga asosan ajratiladigan subsidiyalar 2020-2021 yillarda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan hamda 2022 yildan boshlab O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident aholi tomorqalari bo‘yicha yangi qaror imzoladi