17:50 / 02.07.2020
3 463

Yakkabog‘da yer mojarosi vaqtida kelganlarni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan ayol yonib ketdi

Yakkabog‘da yer mojarosi vaqtida kelganlarni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan ayol yonib ketdi
Yakkabog‘ tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 26 iyun kuni soat 10:00 larga yaqin Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga «Oqtosh» mahallasida yashovchi M.Abdiazizova kuyish tan jarohatlari bilan olib kelingan.

«Voqea tumanda maishiy xizmat shoxobchasi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan «Mohinabonu qizlari» xususiy korxonasini tashkil qilgan M.Abdiazizovaning noqonuniy xatti-harakatlari bilan bog‘liq. U yon qo‘shnisi P.Qodirov va E.Pardayev bilan yer masalasida o‘zaro janjallashib kelgan.

M.Abdiazizovaga tegishli yer uchastkasi yonida 0.06 ga yer maydoni bo‘lib, tuman hokimining 2000 yil 15 dekabrdagi qaroriga asosan qo‘shnisi E.Pardayevga xususiy choyxona, maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo do‘koni qurish uchun ajratilgan. U qurilish ishlarini joriy yilning 23 iyunidan boshlagan.

Ancha yillardan buyon bo‘sh turgan yer maydonini o‘zlashtirish maqsadida yurgan M.Abdiazizova qo‘shnisi E.Pardayev qurilish ishlarini boshlagach, janjal ko‘targan.

O‘zaro kelishmovchiliklarga barham berish maqsadida joriy yilning 26 iyun kuni E.Pardayevning «Oqtosh» MFY raisiga qilgan murojaati asosida mahalla raisi Q.Kenjayev, «Yer-mulk kadastr» DK Yakkabog‘ tumani filiali mutaxassisi B.Xushmurodov va profilaktika inspektori M.Egamberdiyev nizoli yer uchastkasiga kelishib, ulardan yerga oid hujjatlarni so‘ragan. Shu payt M.Abdiazizova yashash uyi hovlisidan bakalajka solingan benzinni olib, ustiga sepgan. U qo‘lidagi gugurt donasini chaqishi bilan o‘zini alanga olgan. Unga yordam ko‘rsatilib, o‘chirib olingan», deyiladi axborot xizmati xabarida.

Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasida, M.Abdiazizovaning olgan tan jarohati tananing alangadan 96 foiz, III-IV darajali kuyish ko‘rinishida ekanligi ko‘rsatilgan. M.Abdiazizovaga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, 27 iyun kuni vafot etgan.

«Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

M.Abdiazizova bilan shifoxonada suhbatlashganlarning ma’lum qilishicha, u o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lmagan. Vafotidan oldin maqsadi, shunchaki yig‘ilganlarni qo‘rqitish bo‘lgani haqida gapirgan.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkabog‘da yer mojarosi vaqtida kelganlarni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan ayol yonib ketdi