Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida noqonuniy dala hovlilarning buzilishi bo‘yicha jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda viloyat prokurori Salom Samadov vaziyatni sharhlab o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
«O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida 20 mln gektar yer bo‘lsa, shuning 20 foizi sug‘oriladigan yer hisoblanadi. O‘rmon xo‘jaligining yeri bo‘ladimi, qishloq xo‘jaligining yeri bo‘ladimi, faqatgina qurilishga ruxsat berilgan yerlarda qurilish qilish mumkin.
Qonunchiligimizda agarda mana shunday o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga zarar yetkazsa, zarar pulini to‘lash ko‘zda tutilgan. Mana shunday qonunbuzarlar hozirda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Ular – mahalla raisi, «Yergeokadastr» xodimi, maklerlar. Jami 10 nafar odam tergov oldida javob beryapti
Ko‘p yillardan beri Bo‘stonliq tumanida noqonuniy qurilish qilish oddiy holga aylangan. Qonunni buzsak ham davlat organi xodimlari bilan bilan kelishamiz, ular ham biron narsa kutadi, deyishadi. Natijada 2020 yil 11 may holatiga ko‘ra, 8ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 594ta ob’ekt noqonuniy deb topilgan va 24ta mana shunday noqonuniy tarzda qurilgan uylarning egalari sudga chaqirilganida kelishmagan.
O‘rganishlar natijasida ko‘rdikki, nafaqat Bo‘stonliq tumanida, balki boshqa hududlarda ham fuqarolar noqonuniy tarzda egallamoqchi bo‘lgan yerlariga avvaliga tosh terib qo‘yishadi, keyin sekingina yog‘och taxlaydi, undan keyin g‘isht terishadi va «taq» etib ustini yopishadi, shu bilan imorat tayyor.
Bunday noqonuniy qurilishlarning sababi nimada? Albatta, so‘nggi yillarda O‘zbekiston aholisining soni oshib bormoqda, lekin hokimiyat tomonidan qonuniy tarzda qurilish qurish uchun yerlar ajratilmagan, ochiq auksionga qo‘yilmagan. Qurilishga biz qarshi emasmiz, mayli qursin, lekin qonuniy tomondan qurilsin.
Hokimiyat tomonidan qonuniy yerlar ko‘rsatilmagani va bee’tibor qoldirilgani uchun shu holatga kelgan, korrupsiya bo‘lgan.
Aynan Bo‘stonliq tumanining shunday go‘zal manzaralari bo‘lgani uchun biz Fransiya, Germaniya va Turkiya davlatlari bilan fikr almashgan holda bu yerda katta turistik zona qilmoqchimiz.
Oddiy o‘qituvchi, shifokor xodimlar bu yerdagi qimmat dachalarga kela olmaydi. Biz shu tomonlarni o‘ylagan holda 3-4 qavatli otellar qurishni rejalashtiryapmiz», – deydi Toshkent viloyati prokurori Salom Samadov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?