11:38 / 03.07.2020
3 205

Xodim ishga tiklandi

Xodim ishga tiklandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 06.11.2019 yildagi 2-1002-1918/31162-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Toshkent yog‘ moy kombinati” AJdan undiruvchi S .Raxmonova (Qaxxarova) foydasiga “Toshkent yog‘ moy kombinati” AJ tomonidan 2019 yil 15 iyulda qabul qilingan S.Qaxxarova bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi 138-sonli buyrug‘ining 1-qismidagi S.Qaxarovaga oid 1-bandi g‘ayriqonuniy deb topilib bekor qilinishi ko‘rsatilgan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limiga kelib tushgan bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochisi U.Tolipov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan 101119097875-sonli ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan Qonunning 72-moddasiga asosan barcha protsessual harakatlar belgilangan tartibda amalga oshirilgan. “Toshkent yog‘ moy kombinati” AJning buyrug‘iga asosan S.Qaxxarova shtat jadvalidagi oylik ish haqqiga binoan, 2020 yil 16 iyun oyidan boshlab qarzdor “Toshkent yog‘ moy kombinati” AJ ishga qayta tiklandi. Yuqoridagilarga asosan, ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xodim ishga tiklandi