Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 127 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 03 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9326 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 31 nafari Toshkent shahrida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 18 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun hozircha jami 248ta yangi zararlanish holati qayd etildi, Toshkent va Namanganda 127 bemor tuzalib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalganlar soni 6161 nafarga yetdi. Ayni vaqtda shifoxonalarda 3137 bemor davolanmoqda. Shundan 16 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi