20:30 / 03.07.2020
2 402

Tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda pullayotgan shaxs qo‘lga olindi

Tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda pullayotgan shaxs qo‘lga olindi
Sifati kafolatlanmagan va aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Toshkent shahrida tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida Yunusobod tumanida fuqaro A.X. o‘z boshqaruvidagi “Matiz” rusumli yengil avtotransport vositasida shartli xaridorga umumiy qiymati 28,7 million so‘mlik 2500 quti tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda pullayotgan shaxs qo‘lga olindi