21:34 / 03.07.2020
3 487

O‘zbekistonda kunlik tuzalish holatlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

O‘zbekistonda kunlik tuzalish holatlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi kun davomida 217 bemor tuzalib, kunlik tuzalishlar soni bo‘yicha yangi rekord qayd etilgani va shu vaqtgacha tuzalib chiqqanlar soni 6251 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

«Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida yana 2 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 41 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida yana 18 nafar, 3-son tug‘ruq kompleksida 5 nafar, jami 90 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi», deyiladi xabarda.

Bugunning o‘zida poytaxtdagi tibbiyot muassasalarida 212 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3837 nafarga yetdi.

Bungacha kun davomida Toshkent va Namanganda 127 nafar bemor sog‘aygani xabar qilingandi.
Shu tariqa, bugun 217 nafar bemor koronavirus infeksiyasida forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi.

Bundan oldingi rekord ko‘rsatkich 27 iyun kuni qayd etilgan bo‘lib, 202 nafar bemor tuzalgan va uyiga kuzatilgandi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 6251 nafarni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kunlik tuzalish holatlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi