10:02 / 04.07.2020
2 556

Asakada soxta diplom va’da qilgan kollej hisobchisi 1100 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Asakada soxta diplom va’da qilgan kollej hisobchisi 1100 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Asakada hamshiralik ishi yo‘nalishida o‘qiganligi haqida diplom olib berishni va’da qilgan kollej hisobchisi 1100 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumani tibbiyot kolleji bosh hisobchisi B.X. fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hamshiralik ishi yo‘nalishida o‘qiganligi haqida diplom olib berishni va’da qilgan.

Evaziga oldindan talab qilgan 1100 dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Asaka tumani bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Asakada soxta diplom va’da qilgan kollej hisobchisi 1100 dollar pora bilan qo‘lga tushdi