16:35 / 05.07.2020
3 566

G‘uzor hokimligi hamshirani tashvishlantirgan muammo asossiz ekanligini ma’lum qildi

G‘uzor hokimligi hamshirani tashvishlantirgan muammo asossiz ekanligini ma’lum qildi
G‘uzor tuman hokimligi «Daryo»ga shikoyat qilgan hamshiraning gaplari asossizligini, hamshira tilga olgan shifokor Oktabr Nurxonov, hamshiralar Lobar Jumayeva hamda Dilfuza Qurbonovalar 2020 yil 28 iyun kunidan beri ishga chiqmaganligini, ular uy sharoitida karantinga olinganini ma’lum qildi.

G‘uzor tuman hokimligi «Daryo»da e’lon qilingan «G‘uzorlik hamshira koronavirusdan vafot etgan bemorni davolagan bo‘lim xodimlari aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatayotganidan tashvishlanmoqda» sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi.

Ma’lumot berilishicha, maqolada tilga olingan holat tuman hokimligi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

«Tuman tibbiyot birlashmasining ma’lum qilishicha, maqolada nomlari ko‘rsatilgan shifokor Oktabr Nurxonov oxirgi marotaba 27 iyun kuni kechki payt shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida navbatchilikka turgan va 28 iyun kuni navbatchilikni topshirib ketgan. Hamshiralar — Lobar Jumayeva hamda Dilfuza Qurbonovalar oilaviy muammolari sabab 29—30 iyun kunlari ishga kelmaganligini ma’lum qilgan. Shuningdek, ushbu xodimlarning ishga kelishi-ketishi nazorat jurnali va tabelda ham qayd etilmagan», — deyiladi hokimlik axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotda.

Hokimlikning tuman tibbiyot birlashmasiga tayanib qo‘shimcha qilishicha, TTB shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi karantinga olingach, ayrim hamshiralar vahima va sarosimaga tushib qolgan va ijtimoiy tarmoqlarga bilib-bilmay murojaat yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyul kuni Qashqadaryoning G‘uzor tumani va viloyatdagi 17 ta mahalla «qizil» hudud deb e’lon qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » G‘uzor hokimligi hamshirani tashvishlantirgan muammo asossiz ekanligini ma’lum qildi