11:43 / 06.07.2020
3 072

9-sinf bitiruvchilarining Kasb-hunar markazlariga hujjat topshirish tartibi ma’lum qilindi

9-sinf bitiruvchilarining Kasb-hunar markazlariga hujjat topshirish tartibi ma’lum qilindi
Shu yilning 5 iyulidan 20 iyuliga qadar kasb-hunar maktablarida kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari onlayn tarzda qabul qilinadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga shu haqda ma’lum qildi.

Aytilishicha, qaror O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yildagi 1-son bayoniga muvofiq qabul qilingan.

Yangi tizim bo‘yicha 9 sinf bitiruvchilari o‘z hujjatlarini kasb.edu.uz elektron platformasi orqali topshiradi. Bu jarayonda bitiruvchilardan quyidagi hujjatlarni topshirish so‘raladi:

1. Elektron ariza.
2. Umumta’lim maktabining 9-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi shahodatnoma (elektron) nusxasi.
3. 3x4 fotosurat

Kasb-hunar maktablarida tikuvchi, chilangar, issiqxona va parnik xo‘jaligi laboranti, avtomobillarni ta’mirlash chilangari, oshpaz, qandolatchi, asalarichi kabi mutaxassislar tayyorlanadi.

Bunda ta’lim jarayonlari ko‘rsatilgan ishchi kasblar bo‘yicha 2 yillik umumta’lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida (kunduzgi ta’lim shaklida) yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 9-sinf bitiruvchilari tarkibidan davlat budjeti asosida kunduzgi ta’lim shaklida yoshlarning professional ta’lim olishini ta’minlaydigan 339 ta shunday Kasb-hunar markazlari tashkil etilishi belgilangan.

Kasb-hunar markazlariga hujjat topshiruvchilar qabul jarayonlari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tashkil qilingan (+99871) 246-11-92 raqami (Ma’lumotlar markazi) orqali qo‘shimcha ma’lumot olishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 9-sinf bitiruvchilarining Kasb-hunar markazlariga hujjat topshirish tartibi ma’lum qilindi