10:32 / 06.07.2020
3 127

Shifokorga kech murojaat qilgan 67 yoshli fuqaro koronavirusdan vafot etdi

Shifokorga kech murojaat qilgan 67 yoshli fuqaro koronavirusdan vafot etdi
O‘zbekistonda koronavirus tufayli vafot etganlar soni 35 nafarga yetdi.
Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 67 yoshli L.M. (erkak kishi) joriy yil 26 iyundan tomog‘ida og‘riq, tana harorati ko‘tarilgan, ammo shifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan.

1 iyul kuni esa yo‘tali kuchayib, nafas siqishi belgilari paydo bo‘lgach, tez yordam chaqirgan va tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent shahar 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan.

Shu kuni undan koronavirus infeksiyasiga tahlil olinib, zudlik bilan reanimatsion muolajalar boshlangan. Bemorga «o‘tkir miokard infarkti, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 2-darajasi, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi» tashxisi qo‘yilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi, deyiladi SSV xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokorga kech murojaat qilgan 67 yoshli fuqaro koronavirusdan vafot etdi