16:33 / 06.07.2020
2 878

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi samarali dori vositalaridan birini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi samarali dori vositalaridan birini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
Foto: AFP/Getty Images
Koronavirusga qarshi foydalanilayotgan «Kovipir» nomi ostidagi favipiravir faol moddasi asosida tayyorlanadigan dori vositasi O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vaziri maslahatchisi Isajon Sultonov Kun.uz muxbiriga aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan «Nobel Pharmsanoat» kompaniyasi hozirda favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini boshlagan.

Dori vositasini ishlab chiqarish bo‘yicha batafsil ma’lumot Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi saytida ham keltirilgan.
Jumladan, kompaniyaning sifat bo‘yicha direktori Shamshod Sharipovga ko‘ra, ushbu dori vositasining patenti Yaponiyaning Toyama Chemical kompaniyasiga tegishli hisoblanadi.

«RNK saqlovchi viruslarga (gripp, rinovirus, nafas olish tizimi viruslari va boshqalar) qarshi keng ta’sir doirasiga ega ushbu dori vositasining koronavirusga qarshi ijobiy ta’siri isbotlangan bo‘lib, 2020 yil fevral oyidan boshlab Yaponiyada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda qo‘llana boshlangan.

Shu oyning o‘zidan boshlab Xitoyning Zhejiang Hisun Pharmaceutical kompaniyasi uni «Favilavir» savdo nomi ostida ishlab chiqarishni boshladi. Rossiyada esa may oyidan e’tiboran «Avifavir» nomida «XimRar» va Rossiyaning investitsiya fondi hamkorligida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi
», – deydi u.

Qo‘shimcha qilinishicha, «Kovipir» dori vositasi eng avvalo O‘zbekiston ehtiyojlari uchun ishlab chiqariladi. Shuningdek, uni xorijga eksport qilish ham rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi samarali dori vositalaridan birini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda