14:56 / 06.07.2020
5 384

«Yanada hushyor bo‘ling, bu holat saboq bo‘lsin» – Vazirlik jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan bemor videosini namoyish etdi

«Yanada hushyor bo‘ling, bu holat saboq bo‘lsin» – Vazirlik jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan bemor videosini namoyish etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan o‘ta og‘ir ahvoldagi bemor videosini namoyish etdi. Vazirlik barchani yanada hushyor bo‘lishga chaqirib, shu kunlarda karantin qoidalariga qat’iy rioya etish talab etilishini ma’lum qilgan.

«Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus infeksiyasining dunyo mamlakatlari aholisi orasida tarqalishi yanada shiddatli tus olayotganidan ogohlantirmoqda.

Jumladan, bizga qo‘shni mamlakatlarda ham so‘nggi kunlarda aholi orasida kasallik qayd etilganlar soni keskin ko‘payishi natijasida, tibbiyot tizimi katta bosim bilan ishlamoqda, joy va dori-darmon taqchilligi yuzaga kelgan.
Yurtimizda ham oxirgi kunlarda aholi orasida kasallik qayd etilishi sezilarli darajada oshgan
», deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 10143 nafarni tashkil etmoqda. Shu vaqtgacha 6584 nafar bemor sog‘aygan, 35 bemor vafot etgan. Ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida 3524 bemor davolanmoqda, shundan 285 nafari o‘rta og‘ir, 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bemorlarning 172 nafarida pnevoniya jarayoni kechmoqda.

«Yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq har qanday xavotirli holatga qarshi oldindan zarur choralar ko‘rilgan bo‘lsa-da, koronavirus yuqtirganlarning oshib borayotgani barchamizni hushyor torttirishi lozim.

Hozirda ko‘pchiligimiz koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish, uning oqibatlari haqida ko‘plab ma’lumotlardan xabardormiz. Uning tez yuquvchanligi va alomatlari borasida ham ma’lum tushunchalarga egamiz.

Ammo Covid-19’ga chalingan bemorlarning ahvolini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rganingizda yanada hushyor bo‘lib, karantin qoidalariga qat’iy rioya etishning qanchalik muhim ekanligiga yana bir bor amin bo‘lasiz
», deyiladi xabarda.

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan bemor ahvoli og‘irlashgani bois, shifokorlar tomonidan sun’iy nafas olish apparatiga ulanib, tezkor reanimatsion tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

«Mazkur vidoyelavhadagi jarayon barchamiz uchun achchiq saboq bo‘lishi kerak. Ertaga o‘zimiz yoki yaqinlarimizning ham koronavirusga chalinib, shu ahvolga tushmasligimizga hech kim kafolat bera olmaydi.

Chunki, yon-atrofimizda kasallik tashuvchi bo‘lib yurganlar yoki koronavirusga chalingan bo‘lsa-da, hali alomatlari yuzaga chiqmagan fuqarolar bo‘lishi mumkinligini aholi orasida kasallikni yuqtirib olayotganlarning ko‘payib borayotganida ham ko‘rish mumkin.

Bunday vaziyatda koronavirus tarqalishining oldini olishda aholining karantin qoidalariga rioya etishi tibbiyot xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar sa’y-harakatlaridan ham ko‘ra, samaraliroq hisoblanadi.

Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini imkon qadar faol muloqotdan, turli tadbirlar o‘tkazishdan tiyilishlarini va albatta, ijtimoiy masofa saqlash, qo‘llarni yaxshilab qayta-qayta yuvish, ko‘chaga chiqqanda niqobni to‘g‘ri taqish kabi karantin qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi
», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Yanada hushyor bo‘ling, bu holat saboq bo‘lsin» – Vazirlik jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan bemor videosini namoyish etdi