18:33 / 06.07.2020
2 876

43 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi

43 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi
Uchtepa tumanida yashovchi A. (erkak kishi) bir necha kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik bo‘lishiga qaramasdan shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmasdan, uy sharoitida davolanib yurgan.

SSV xabariga ko‘ra, joriy yil 2 iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va tekshiruv natijasiga ko‘ra, pulmonolog tavsiyasiga asosan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga yuborilgan.

43 yoshli bemorga «Ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 2-daraja, semizlikning 3-darajasi» tashxisi qo‘yilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bu O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar ichida 36-o‘lim holatidir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 43 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi